Mahoratli erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) Tokio-2020 Olimpiya o`yinlarining bronza medaliga sazovor bo`ldi. Kurashchimiz shohsupaga ko`tarilish uchun kechgan bellashuvda qozog`istonlik raqibini mag`lubiyatga uchratdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Bu bosqichda vakilmizga 2019 yilgi JCh sovrindori Daniyar Kaysanov raqiblik qildi. Bellashuv davomida tezkor harakatlari va abjirligi bilan ajralib turgan Abdurahmonov yakunda o`z g`alabasini tantana qilib, delegasiyamiz hisobiga yana bir medalni qo`shib qo`ymoqda. Shu tariqa delegasiyamiz hisobidagi medallar 2 tadan oltin va bronzani tashkil etib turibdi.
Qayd etish joiz, 2 karra JCh sovrindori, 2 karra Osiyo o`yinlari chempioni Abdurahmonov 5 yil muqaddam Rio-2016 Olimpiadasida ushbu bosqichda imkoniyatni boy berib qo`ygan edi. Bugun u chiroyli g`alabasi bilan millionlab muxlislarimizga katta quvonch ulashdi va o`z sovrinlari orasida Olimpiada medalini ham qo`shib qo`ymoqda.