AsosiySiyosat

Markaziy Osiyo etakchi ayollari muloqot forumi bo`lib o`tmoqda

'Markaziy Osiyo etakchi ayollari muloqot forumi bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

Bugun, 7 avgust kuni Turkmanistonda Markaziy Osiyo etakchi ayollarining muloqot forumi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Senat Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Forumda so`nggi 30 yil ichida mintaqada gender tengligini ta`minlash bo`yicha erishilgan natijalar sarhisob qilindi, kelgusida ushbu sohadagi ishlar to`g`risida fikr almashildi. Hamkorlik istiqbollarini muhokama etilgan forum yakunida Deklarasiyaning qabul qilinishi tadbirning muhim natijasi bo`ldi.

Umuman olganda, mintaqadagi ayollar muammolarining o`xshashligi, madaniyat va tarixning mushtarakligi haqida ishonch bilan gapirishimiz mumkin. Bu esa o`z navbatida hamkorlik va tajriba almashishning muhimligini, mintaqaviy platformamiz doirasida aloqalarni faollashtirishga turtki bo`lib xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar