Tokio yozgi Olimpiya o`yinlarining engil atletika dasturidagi ayollar o`rtasida balandlikka sakrash musobaqalari yakuniga etdi. Turizm va sport vazirligining xabar berishicha, unda O`zbekiston sharafini Safina Sadullaeva munosib himoya qilgan.
O`zining debyut musobaqasida finalgacha etib borgan Safina hal qiluvchi bahslarda ham yo`qolib qolmagan. U avvaliga 1,89 metr, ikkinchi urinishda 1,93 metr balandlikni qiyinchiliksiz zabt etgan.
1,96 metr balandlikni ikkinchi urinishda zabt etgan Safina navbatdagi balandlik 1,98 metr to`siqni zabt etolmagan.
Shunday bo`lsada, Sadullaevaning Olimpiya o`yinlaridagi ishtirokini ijobiy baholangan. Bir yarim yil avval farzandli bo`lgan va keyinchalik yana sport faoliyatini tiklab, qisqa muddatda formaga kirgan Safina avvaliga lisenziyani qo`lga kiritadi, Olimpiya o`yinlarida esa, final bosqichiga etib borgan holda 5-9-o`rinlarni bo`lishib oladi.