AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligi otaliqqa olgan qiz Germaniyada davolanmoqda

'Mudofaa vazirligi otaliqqa olgan qiz Germaniyada davolanmoqda'ning rasmi

Mudofaa vazirligi otaliqqa olgan Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumanida tug`ilgan, 20 yoshli Maftuna O`sarova 2021 yil 2 avgust kuni Germaniyaning “ASKLEPIOS” zamonaviy klinikasiga davolanishga yuborildi. 

2016 yilda Maftuna dunyoda juda kam uchraydigan “takayasu sindromi”, ya`ni magistral qon tomirlari torayishi oqibatida insultga chalinadi va birinchi darajali nogiron bo`lib qoladi. 

Xabarlarga ko`ra, hozirda Maftuna O`sarova Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan Germaniyaning “ASKLEPIOS” klinikasida 3 kun davomida  ixtisoslashtirilgan tekshiruvlardan o`tkazilib,  intensiv davolash-sog`lomlashtirish muolajalarini olmoqda. 

Mudofaa vazirligi doimiy ravishda Germaniya klinikasi mutaxassislaridan davolash jarayonlarini o`rganib, nazorat qilib bormoqda. 

Ayni paytda Maftuna O`sarovaning sog`ligi yaxshilanib borayotganligi aytilmoqda.

Boshqa yangiliklar