9 avgust kuni Kinematografiya agentligida Turkiya Respublikasining “Altınkesit” kinokompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
Uchrashuvda agentlik rahbariyati, "Altınkesit” kinokompaniyasi direktori Mustafo Gunesh, ssenarist, rejissyor Ismail Gunesh, bosh maslahatchi Zebiniso Kamalova, kinokompaniya menedjeri Mehmet Bulbul, kinokompaniya hamkori Mustafo Pekchaylar ishtirok etishdi.
O`zbek va turk kinoijodkorlari ishtirokidagi uchrashuvda yangi — “Sohibqiron Amir Temur” tarixiy seriali haqida so`z bordi.
Endilikda suratga olinishi kutilayotgan “Sohibqiron Amir Temur” serialining ilk loyihasi taqdim etildi. Shuningdek, uchrashuv davomida ikkala tomonning ham yangi kinoloyiha bo`yicha fikrlari tinglanib, takliflar berildi.






