AsosiySiyosat

“Siyosatdagi ayollar” jahon reytingida O`zbekiston 130 o`rindan 45 o`ringa ko`tarildi

'“Siyosatdagi ayollar” jahon reytingida O`zbekiston 130 o`rindan 45 o`ringa ko`tarildi'ning rasmi

Bugun, 10 avgust kuni Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo`yicha respublika kengashining yig`ilishi bo`lib o`tdi. Uni Senat Raisi, Kengash raisi Tanzila Narbaeva olib bordi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati ma`lum qildi.

Videokonferensaloqa tarzida o`tkazilgan yig`ilishda Kengash a`zolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirok etgan.

Unda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohaga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O`zbekiston Respublikasining o`rnini yaxshilash bo`yicha 2021 yilga mo`ljallangan chora-tadbirlar rejasining birinchi yarim yillikdagi ijrosi, Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida O`zbekiston Respublikasining o`rnini aks ettirish bo`yicha chora-tadbirlar rejasining ijrosi hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasida huquq ustuvorligini ta`minlash holatini aniqlashning samarali mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorining ijrosi to`g`risidagi masalalar muhokama qilingan.

Qayd etilishicha, so`nggi uch oy davomida bir qator xalqaro reytinglarda O`zbekistonning o`rni yaxshilangan. Xususan, «S&P» Global Ratings tomonidan yuritiladigan suveren kredit reytingida O`beksiton reyting prognozi “salbiy”dan “barqaror”ga oshirilgan.

 Parlamentlararo ittifoq tomonidan yuritiladigan “Siyosatdagi ayollar” jahon reytingining “Parlamentdagi ayollar” qismida O`zbekiston 130-o`rindan 45-o`ringa ko`tarilgan. Jahon xayriya indeksida 114 ta davlat orasida O`zbeksiton 53-o`rindan 29-o`ringa, ya`ni deyarli ikki baravar ko`tarilgan.

Boshqa yangiliklar