O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, O`zbekiston Respublikasi san`at arbobi, Do`stlik ordeni sohibi Muhammad Rafiqov 81 yoshida olamdan o`tdi.
Muhammad Rafiqov qator obrazlari bilan tomoshabinlar e`tiboriga tushgan. Jumladan, «Bobur»da Shayboniyxon, «Kecha va kunduz»da Akbarali mingboshi, «Imom al-Buxoriy»da Imom Buxoriy , Sohibqiron»da Amir Temur, «Shaytanat»da Abdurahmon tabib,«Hakim va ajal»da Ibn Sino kabi esda qolarli obrazlar yaratgan.
Marhumning oila a`zolariga chuqur hamdardlik izhor etamiz.