Ijtimoiy tarmoqlarda “Zo`ravon maktab direktori farzandlariga qo`shnisini do`pposlatdi” sarlavhasi ostidagi videomurojaat tarqaldi. Jarqo`rg`on tumani Ichki ishlar bo`limi mas`ul xodimlari tomonidan o`rganish ishlari olib borilganida quyidagilar ma`lum bo`ldi.
Aniqlanishicha, Jarqo`rg`on tumanida 2021 yil 28 iyul kuni soat taxminan 11:30 larda “Qumqishloq” mahallasida yashovchi fuqarolar B.Suyun, o`zlari bilan bitta mahallada istiqomat qiluvchi qarindoshlari T.Beg`am, Q.Saparlar o`zaro tortishib qolib, janjal vaqtida bir-birlarini urib engil tan jarohati etkazishgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borilganda fuqarolar B.Suyun va T.Beg`amga nisbatan sudga oid tibbiy ekspektizalar tayinlangan.
Sodir bo`lgan janjalning kelib chiqish sababi o`rganilganida, fuqarolar T.Beg`am va Q.Saparlar mahalla hududida joylashgan guzarda ichimlik suvini olish vaqtida qarindoshi B.Suyun kelib telefonida ularni kameraga olib turganligini, bu holatni ko`rib T.Beg`am “nimaga kameraga olayapsan?”- deb, turli xil so`zlar bilan uni haqorat qilib janjallashib ketganligi, 26-maktab derektori Q.To`ylining bu janjalga umuman aloqasi hamda bo`lib o`tgan janjaldan xabari yo`qligi uning o`g`li T.Beg`am janjal qilganligi, hozirgi kunda T.Beg`am, B.Suyun, Q.Saparlar bir-birlari bilan o`zaro yarashib olganligi, bir-birlariga da`vosi yo`qligi to`g`risida tuman IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilganligi ma`lum bo`lgan.
Mazkur holat yuzasidan, Jarqo`rg`on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, kelgusida qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.