AsosiySiyosat

1 sentyabrdan kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam to`lovlarining miqdori o`zgaradi

'1 sentyabrdan kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam to`lovlarining miqdori o`zgaradi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam ko`rsatish hamda kambag`allik bilan kurashish ko`lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Prezident Farmoniga asosan 2021 yil 1 sentyabrdan:

  • kam ta`minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi;
  •  yakka-yolg`iz bo`lgan fuqarolarga, farzandi bo`lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo`lgan kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi;
  •  Bolalar nafaqasi va kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam to`lovlarining quyidagi yangi miqdorlari belgilanmoqda.

Unga ko`ra, bolalar nafaqasi oilaning:

  1.  3 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bitta farzandi uchun — 250 000 so`m (+56 000 so`m);
  2.  3 yoshgacha bo`lgan bitta kichik farzandi uchun — 325 000 so`m (+131 000 so`m);
  3. ikkinchi farzandi uchun qo`shimcha — 150 000 so`m (+186 000 so`m);
  4. uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun — 100 000 so`mdan (amaldagi 190 ming so`mdan 290 ming so`mgacha ko`p);
  5.  moddiy yordamning miqdori — 380 000 so`m.

    Boshqa yangiliklar