Yunusobod tumanida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi.
YHXBBning dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yil 12 avgust kuni soat 08:50 larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko`chasida haydovchi, 1989 yilda tug`ilgan D.S. boshqaruvidagi "Nexia 3", haydovchi 1959 yilda tug`ilgan G`.Yu. boshqaruvidagi "Cobalt" hamda haydovchi 1999 yilda tug`ilgan X.F. boshqaruvidagi "Spark" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo`q.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilayotgani aytilmoqda.
Shu o`rinda barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlari so`ralmoqda.