1

Davlat rahbari Tokio-2020 o`yinlari g`olib va sovrindorlari ota-onalariga minnatdorchilik bildirdi

Sport 13.08.2021, 15:22
Teglar: Tokio 2020, Prezident tabrigi
Davlat rahbari Tokio-2020 o`yinlari g`olib va sovrindorlari ota-onalariga minnatdorchilik bildirdi

Davlat rahbari Olimpiya o`yinlari g`olib va sovrindorlariga, ularning ota-onalariga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda  Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi

"Bugungi tantanali marosimda ishtirok etayotgan qahramon o`g`lonlarimiz – Tokio Olimpiadasi g`oliblari haqida har qancha faxrlanib gapirsak arziydi, albatta. Jamoamizga ilk oltin medalni taqdim etgan 19 yoshli sportchimiz, taekvondo ustasi Ulug`bek Rashidovga va uning davramizda ishtirok etayotgan hurmatli otasi Ismatilla Rashidov hamda onasi Oksana Danilenkoga el-yurtimiz nomidan tashakkur bildiramiz.  Ulug`bek O`zbekiston tarixida Olimpiya oltin medalini qo`lga kiritgan eng yosh sportchi sifatida nom qozondi. Mahoratli polvonimiz Akbar Jo`raevning umumiy hisobda 430 kilogrammlik marrani egallab, Olimpiya rekordini o`rnatgani va ikkinchi oltin medalni qo`lga kiritgani barchamizga ulkan quvonch bag`ishladi. Mana shunday mard va pahlavon yigitni tarbiyalagan Akbarjonning onasi Normatova Hafizaxon singlimizga samimiy rahmatimizni aytamiz. Alpomishlar yurti – Surxon zaminida tug`ilgan engilmas sportchimiz Bahodir Jalolovni hammamiz yaxshi bilamiz. Ismi jismiga mos bu azamat yigit va uning mehribon onasi Sabohat Jalolovani barchamiz qizg`in qutlaymiz. Men ular bilan avval ham uchrashib, samimiy suhbatlashganimni hamisha yaxshi taassurotlar bilan eslayman. Bahodir aziz onasiga, xalqimizga bergan va`dasining ustidan chiqib, Vatanimizga uchinchi oltin medalni tuhfa qildi. Shu tariqa o`zbek boks maktabining shon-shuhratini yanada yuksak bosqichga olib chiqdi. Milliy dzyudo maktabimizning zabardast vakili Davlat Bobonov va mahoratli erkin kurashchimiz Behzod Abdurahmonovni keskin bellashuvlarda bronza medallarini qo`lga kiritganlari bilan qutlaymiz.  Bugun davramizda Davlatjonning ota-onasi Husniddin aka va Nuriyaxon opa, Behzodjonning otasi Muhammadjon Abdurahmonov va onasi Muhabbatxon ishtirok etishyapti. Mana shunday botir o`g`lonlarni tarbiyalab voyaga etkazgani uchun ularning ota-onalari va ustozlariga chin yurakdan tashakkur izhor etamiz.", deydi  davlat rahbari o`z nutqida.

 

Sharhlar

Tokio-2020: Para-kanoechilarimiz yarim finalga yo`l olishdi

02.09.2021, 08:14

Paralimpiya o`yinlarining bugungi kun dasturida para-kanoechilarimizning ishtiroki o`z poyoniga etdi. Vakillarimizning barchasi yarim finaldan medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo`lishdi.200 metr masofaga o`tkazilayotgan bellashuvlarda jahon...
Tokio olimpiadasida qatnashgan 7 nafar Milliy gvardiya sportchilari taqdirlanishdi

17.08.2021, 17:17

Milliy gvardiya qo`mondoni, general-mayor R.Djuraev Tokio-2020 yozgi Olimpiya o`yinlarida O`zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan Milliy gvardiya sportchilari bilan uchrashdi.Tadbirda Toshkent shahar hokimligi, Milliy...
Tokio-2020: Safina Sadullaeva olimpiadani kuchlilar safida yakunladi

07.08.2021, 18:12

Tokio yozgi Olimpiya o`yinlarining engil atletika dasturidagi ayollar o`rtasida balandlikka sakrash musobaqalari yakuniga etdi. Turizm va sport vazirligining xabar berishicha, unda O`zbekiston sharafini Safina Sadullaeva...
Tokio-2020: Bekzod Abdurahmonov bronza medalini qo`lga kiritdi. Bu O`zbekiston delegasiyasi hisobidagi 4-medal

06.08.2021, 15:52

Mahoratli erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) Tokio-2020 Olimpiya o`yinlarining bronza medaliga sazovor bo`ldi. Kurashchimiz shohsupaga ko`tarilish uchun kechgan bellashuvda qozog`istonlik raqibini mag`lubiyatga uchratdi. Bu...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1