AsosiySiyosat

Prezident «Yangi O`zbekiston» bog`ida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko`zdan kechirdi

'Prezident «Yangi O`zbekiston» bog`ida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko`zdan kechirdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 13 avgust kuni «Yangi O`zbekiston» bog`ida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko`zdan kechirdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bog`da manzarali daraxtlar va gullar ekilib, so`lim hududlar barpo etilmoqda. Bayram tadbirlari o`tkazish uchun 5 ming o`rinli ochiq amfiteatr qurilmoqda.

Davlatimiz rahbariga ushbu amfiteatrda bo`lajak qulayliklar haqida ma`lumot berildi.

«Istiqlol» majmuasining asosi tiklanib, qurish va pardozlash ishlari davom ettirilmoqda. Unda O`zbekistonning 3 ming yillik tarixi, ajdodlarimizning buyuk merosi, xalqimizning milliy qadriyatlari o`z ifodasini topadi.

Prezidentimiz ushbu majmuadan o`rin oladigan barelef va bezak namunalari bilan tanishdi. Mutasaddi va quruvchilarga o`z tavsiyalarini berdi.  

    Boshqa yangiliklar