Argentinalik futbolchi Lionel Messi “Barselona”dan ketishi munosabati bilan o`tkazilgan matbuot anjumanida ko`z yoshlarini artgan salfetka bir million dollar narxda sotuvga qo`yildi. Bu haqda Mercado Libre platformasi ma`lum qildi.
Futbolchi 8 avgustda Kamp Nou stadionida o`tgan xayrlashuv tadbirida o`z nutqi oldidan ko`ziga yosh olgan. Shunda uning rafiqasi Antonela Rokusso futbolchiga ko`z yoshini artishi uchun salfetka uzatgan.
11 avgustda Fransiyaning “PSJ” klubi Messi jamoaning yangi a`zosiga aylanganini e`lon qildi. 34 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2 mavsumga mo`ljallangan bo`lib, uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ko`zda tutilgan. Messi klubda 30-raqam ostida to`p suradi. OAVning yozishicha, futbolchining yangi klubdagi yillik maoshi 35 mln evroni tashkil etadi.







