Maktabgacha ta`lim vazirligi, kecha, 13 avgust holatida Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkilotining jami 30 nafar tarbiyalanuvchilarida intoksikasiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalariga yotqizilganligini ma`lum qildi.
Ma`lumot uchun, 12 avgust holatida jami 25 nafar tarbiyalanuvchi tibbiyot muassasalarida davolanayotgan edi. 13 avgustda yana 5 nafar tarbiyalanuvchida kasallikning klinik belgilari kuzatilganligi uchun tibbiyot muassasalariga yotqizildi.
Ulardan joriy yilning 13 avgust 16:00 soat holatiga:
- 9 nafar tarbiyalanuvchilarga tor doiradagi mutaxassislar ko`rigidan so`ng qoniqarli ahvolda yashash joyi bo`yicha tibbiy nazoratga olinib uylariga ruxsat berildi;
- tibbiyot muassasalarida jami 21 nafar tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 1 nafarining holati o`ta og`ir, 1 nafari og`ir, 6 nafari o`rta og`ir va 13 nafar bemorning holati o`rtacha baholanib, dinamikada sog`aymoqda.






