«PSJ» hujumchisi Lionel Messi Fransiya chempionatining 2-turidan o`rin olgan «Strasburg»ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi.
Le Parisien'ning yozishicha, argentinalik futbolchi hali formada emas va 29 avgust kuni 4-tur doirasida bo`lib o`tadigan «Reyms» bilan bahsgacha o`ynamaydi.
«Strasburg» bilan o`yinda koronavirusdan tuzalgan Idrissa Guye qaydnomaga kiritilishi mumkin. Neymar, Anxel Di Mariya, Leandro Paredes, Markinos, Marko Verratti va Janluiji Donnarummaning ishtiroki so`roq ostida. Serxio Ramos jarohat olgan.
«PSJ» — «Strasburg» bellashuvi bugun, 14 avgust kuni bo`lib o`tadi.






