1

Nig`matilla Yo`ldoshev Prezident topshirig`i bilan Oqqo`rg`ondagi maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining kasallanishi bilan bog`liq holatni o`rgandi

Jamiyat 15.08.2021, 11:02
Teglar: Bosh prokuratura
Nig`matilla Yo`ldoshev Prezident topshirig`i bilan Oqqo`rg`ondagi  maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining kasallanishi bilan bog`liq holatni o`rgandi

Davlatimiz rahbarining topshirig`iga binoan joriy yilning 14 avgust kuni Bosh prokuror Nig`matilla Yo`ldoshev mutasaddi idoralarning rahbar xodimlari bilan birgalikda Oqqo`rg`on tumanidagi 5 - sonli maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining kasallanishi bilan bog`liq holatlar joyiga chiqqan holda batafsil o`rganildi.

Aniqlanishicha, shu yil 9 avgust kuni mazkur tashkilot tarbiyalanuvchilaridan 19 nafari turli tibbiyot muassasalariga murojaat qilishgan va ularga “botulizm” kasalligiga gumon tashxisi qo`yilgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 257-1 - moddasi 1-qismi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) jinoyati alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, malakali tergov - tezkor xodimlardan iborat tarkibda tuzilgan tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuror mazkur viloyat va tuman prokurorlari hamda tergov guruhi a`zolarining tergov jarayoni bilan bog`liq hisobotlarini eshitib, ularga tergov harakatlarini har tomonlama to`la va holisona  o`tkazish bo`yicha aniq topshiriq va ko`rsatmalar berdi.

Mazkur jinoyat ishining tergov jarayoni Bosh prokuror tomonidan alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan mazkur maktabgacha ta`lim tashkilotining oxirgi 10 kunlik taomnoma bo`yicha bolalarga tarqatilgan va gumon qilingan oziq - ovqat mahsulotlaridan namunalar olinib, Toshkent viloyat sanitariya - epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi qoshidagi laboratoriyaga tekshirish uchun yuborilgan hamda sudga oid oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur tekshiruv jarayonlari muayyan vaqtni talab qilishi va tahlil natijalari bo`yicha zaharlanish sabablariga aniqlik kiritilishi inobatga olinib, yana boshqa oqibatlar kelib chiqishining oldini olish maqsadida tekshiruv xulosalarini olgunga qadar gumon qilinayotgan oziq - ovqat mahsulotlarini tarqatishni vaqtincha to`xtatib turish bo`yicha tegishli mutasaddilarga ko`rsatmalar berildi.

Bulardan tashqari, Bosh prokuror tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida tibbiyot, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, maktabgacha ta`limni boshqarish va boshqa mutasaddi idoralar mas`ul xodimlari bilan ushbu hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash va kelgusida bunday nohush holatlarning oldini olish chora – tadbirlarini belgilash bo`yicha suhbat o`tkazildi va tegishli ko`rsatmalar berib o`tildi.

Aniqlanishicha, 5 - sonli maktabgacha ta`lim tashkilotida 138 nafar tarbiyalanuvchilar ro`yxat asosida qamrab olingan bo`lib, kasallanishning dastlabki holati aniqlanganidan keyin zudlik bilan tor doiradagi (infeksionist, lor, okulist, nevropatolog) shifokorlardan iborat guruh tuzilib, 10 avgust kuni bog`chaga kelgan bolalar tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan.

Shuningdek, bog`chaga kelmagan boshqa tarbiyalanuvchilar esa, patronaj guruhlari jalb qilingan holda, uylariga borilgan holda ko`rikdan   o`tkazilgan va nazoratga olingan.

Tibbiy ko`riklar natijalari bo`yicha kasallikka gumon qilingan bolalar Oqqo`rg`on tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga nazorat uchun yotqizilgan.

Jami 32 nafar tarbiyalanuvchilar tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan   bo`lib, ulardan:

- 16 nafari tor doiradagi mutaxassislar ko`rigidan so`ng qoniqarli ahvolda yashash joyi bo`yicha tibbiy nazoratga olinib, uylariga ruxsat berilgan;

- tibbiyot muassasalarida jami 16 nafar tarbiyalanuvchi davolanmoqda,   ularning holati dinamikada sog`aymoqda.

Shular bilan bir qatorda, tuman maktabgacha ta`lim bo`limi va tashkilotlari, tuman tibbiyot birlashmasi, shuningdek, oziq - ovqat xavfsizligini ta`minlashga mas`ul bo`lgan sanitariya - epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi hamda veterinariya bo`limlari, ta`minotchi korxonalar mutasaddilari kelgusida bu kabi nohush holatlarga yo`l qo`ymaslik haqida tuman prokuraturasi tomonidan rasman ogohlantirildi.

"Hurmatli fuqarolar !

Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hodisa bo`yicha turli asoslanmagan ma`lumotlar tarqalmoqda.  

Sizdan mish - mishlardan kelib chiqqan asossiz ma`lumotlarga ishonmasliklaringizni hamda rasmiy manbalar orqali berilayotgan ma`lumotlarga tayanishlaringizni so`rab qolamiz",–deyiladi BP xabarida.

Sharhlar

Toshkentda er ayolini o`ldirib, jasadini 2 kun mashinasida saqlab yurgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Oydinlik kiritildi (video)

29.08.2022, 12:54

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda er ayolini o`ldirib, jasadini 2 kun mashinasida saqlab yurgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma`lum qilishicha,...
2021 yil davomida O`zbekistonda qancha mansabdor shaxslar jinoyatga qo`l urgani ma`lum qilindi

21.01.2022, 02:17

2021 yil davomida respublika bo`yicha jami 2.345 ta jinoyat ishi bo`yicha 2.804 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka  tortilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar...
Bosh prokuratura korrupsiyaga qarshi kurashda kreativ usuldan foydalanmoqda

09.12.2021, 23:53

So`nggi kunlarda prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan noqonuniy xatti-harakatlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda.Bosh prokuratura o`z tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda...
Bosh prokuraturaning yana bir xodimi pora bilan qo`lga olindi

09.12.2021, 21:42

O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Unda aniqlanishicha, shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tadbirda Bosh prokuratura boshqarma boshlig`ining o`rinbosari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1