"Tolibon" jangarilari poytaxt Qobulga ham kirgan. Ashraf G`ani iste`foga chiqdi. Bu haqda xorijiy OAVlar ma`lum qilmoqda. Bu xabarlarni Afg`oniston Ichki ishlar vazirligi ham rasman tasdiqlagan. Xabarlarga ko`ra, toliblar shaharga har tomondan oqib kelishmoqda.
Afg`oniston parlamenti raisi va ko`plab hukumat amaldorlari Qobuldan Pokiston tomon yo`l olishgan.
Afg`onistonning sobiq ichki ishlar vaziri va Germaniyadagi sobiq elchisi Ali Ahmad Jalali Afg`onistonning o`tish davri hukumati rahbari etib tayinlangan.






