1

Pnevmoniya organizmda qanday belgilar bilan namoyon bo`ladi?

Salomatlik 15.08.2021, 15:57
Pnevmoniya organizmda qanday belgilar bilan namoyon bo`ladi?

SSV Matbuot xizmatining ushbu savoliga Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Nargiza Nurillaeva javob beradi:

— Pnevmoniya bilan kasallangan organizmning tiklanishi oson jarayon emas. Bu o`pkaning shikastlanish darajasi va intoksikasiya bilan bog`liq bo`ladi. Pnevmoniyada kislorod va nafas etishmovchiligi kuzatiladi. Shuning uchun tiklanish jarayoni bir qancha vaqt talab etadi.  

Pnevmoniyadan so`ng kuzatilgan noxushlik va kuchli holsizlik temir tanqisligi bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Temir moddasi yallig`lanish jarayonlarida organizmda faol qatnashadi. Bundan tashqari, surunkali yurak etishmovchiligida, buyrak etishmovchiligi kabi xolatlarda ham kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda davolovchi shifokor bilan maslahatlashish zarur. Bemor holatidan kelib chiqib, mos bo`lgan preparatni qabul qilish tavsiya etiladi.  

Doimiy hansirash pnevmoniyadan tashqari quyidagi kasalliklarda kuzatilishi mumkin:

yuqori nafas yo`llari va o`pka kasalliklari;  

  • yurak kasalliklari;
  • qon kasalliklari;  
  • kamharakat hayot tarzi (bunda biroz jismoniy harakatdan so`ng ham hansirash paydo bo`lishi mumkin);  
  • O`RVI yoki boshqa infeksion kasalliklar fonida.

 

Hansirash jiddiy belgi hisoblanadi, shuning uchun siz tashxisni aniqlashtirish maqsadida shifokorga murojaat qilishingiz zarur!

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1