AsosiySport

Tokiodagi Paralimpiada tomoshabinlarsiz o`tadi

'Tokiodagi Paralimpiada tomoshabinlarsiz o`tadi'ning rasmi

Tokiodagi Paralimpiada musobaqalari vaqtida stadionga tomoshabinlar qo`yilmaydi. Bu haqda O`yinlar tashkiliy qo`mitasi ma`lum qildi. Bunday chora mamlakatda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yomonlashgani sababli qabul qilingan.

"Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib Paralimpiadani tomoshabinlarsiz o`tkazishga qaror qilindi”, deb aytilgan xabarda.

 

Gap Tokiodagi va unga qo`shni Tiba, Saytama va Sidzuoka prefekturalaridagi arenalar haqida bormoqda.

 

NHK telekanali ma`lumotlariga ko`ra, Paralimpiadaga umumiy hisobda 770 mingga yaqin chipta sotilgan. Endi chipta uchun sarflangan barcha mablag`lar xaridorlarga qaytariladi.

 

XVI yozgi Paralimpiya o`yinlari 25 avgustdan 6 sentyabrgacha qadar davom etadi. Ularda 160ta davlatdan 4,4 ming sportchi ishtirok etadi. Sportchilar 22ta sport turi bo`yicha 540ta medallar komplekti uchun o`zaro musobaqalashishadi.  

 

12 iyuldan Tokioda koronavirus yuqtirish holatlari ko`paygani sababli favqulodda holat amal qilmoqda. Oxirgi haftalarda Yaponiya poytaxtida rekord darajada kunlik kasallanish holatlari qayd etilmoqda. 13 avgustda mamlakatda va xususan Tokioda rekord sonda kunlik kasallanish holati qayd etildi – mos ravishda 20293ta va 5773ta. Bu Olimpiada boshlanishi oldidan mamlakatda qayd qilingan kunlik kasallanish darajasidan 3 marta ko`proqni tashkil qiladi.       

    Boshqa yangiliklar