AsosiyDunyo

Disney dunyoga mashhur "Uyda yolg`iz" filmining navbatdagi qismini suratga olmoqda

'Disney dunyoga mashhur "Uyda yolg`iz" filmining navbatdagi qismini suratga olmoqda'ning rasmi

Kompaniya ma`lumotlariga ko`ra, mazkur film "Home Sweet Home Alone" nomi ostida joriy yil 12 noyabr Disney+ striming servisida namoyish etiladi

Film syujetida yangi yil arafasidagi qiziqarli voqealar takrorlanadi.

Yangi filmdagi qahramonning ismi Kevin emas Maks, uning oilasi Chikagoga emas Yaponiyaga ketadi. Bu safar bosh qahramonni "bezori o`g`rilar" emas, avantyuristlar ta`qib qiladi.  

"Uyda yolg`iz" filmining mashhur qahramoni Makoley Kalkin yangi filmda suratga tushmaydi, lekin uning muxlislari epizodda bo`lsa-da sevimli aktyorini ko`rishni xohlaydi, deyiladi xabarda. 

Kinokartinada bosh rolni britaniyalik 12 yoshli aktyor Archi Yeyts ijro etmoqda. Film postanovkachi rejissyori esa Den Mazer.

Boshqa yangiliklar