Anchelotti Ronalduni «Real»ga qaytarmoqchi ekani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronalduni Madridga qaytarmoqchi ekani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Krishtianu — «Real»ning afsonasi, futbolchi sifatida uni juda ham yaxshi ko`raman, qadrlayman. Ammo men «Real»ga qaytganimdan keyin uni Madridga qaytarishni rejalashtirmaganman. Biz faqat oldinga qaraymiz», - deya yozadi Anchelotti tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o`tamiz, Anchelotti va Ronaldu «Real»da birga ishlab, 2013/2014 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida g`olib bo`lishgandi.
Avvalroq, «Yuventus» klubi Ronaldu transferi borasidagi har qanday taklifni ko`rib chiqmoqchi ekani, uning agenti Jorje Mendesh mijozini «Manchester Siti»ga tavsiya qilgani haqida xabar berilgandi.






