Afg`oniston vise-prezidenti Amrulla Solihning bayonot berishicha, prezident yo`qligida u davlatning vaqtinchalik rahbari hisoblanadi va dunyo etakchilari bilan davlat rahbari sifatida munosabat o`rnatadi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
"Afg`oniston konstitusiyasiga binoan, agar prezident mamlakatda bo`lmasa, qochsa, iste`fo bersa yoki vafot etsa vise-prezident davlatning vaqtinchalik rahbari bo`ladi. Ayni paytda men o`z mamlakatimdaman va qonuniy vaqtinchalik prezidentman. Dunyoning barcha etakchilaridan kumak va roziligini olish uchun ular bilan davlat rahbari sifatida bog`lanaman", - deb yozdi Solih Twitter da.






