17 avgust kuni Germaniya Qurolli Kuchlariga tegishli Airbus A400M samolyoti Afg`onistondan Germaniya va Evropa Ittifoqining boshqa fuqarolarini hamda bir qancha afg`onlarni olib Toshkentga qo`ndi.
Qobuldan Toshkentga uchgan ikkinchi evakuasiya reysi bo`lib, unda 125 kishi bo`lgan. Umumiy hisobda Germaniya 260 kishini evakuasiya qilgan.
Olib kelingan odamlar endilikda charter reyslar orqali Frankfurtga yuboriladi.






