AsosiyJamiyat

Qaysi hududda sanoat korxonalari soni ko`p?

'Qaysi hududda sanoat korxonalari soni ko`p?'ning rasmi

 Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning 1 avgust holatiga respublikamizda jami faoliyat ko`rsatayotgan sanoat korxonalari soni 90 638 tani tashkil etgan.

 O`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 117,6 foizga oshgan.

 Mamlakatimizda jami faoliyat ko`rsatayotgan (fermer va dehqon xo`jaliklarisiz) korxonalarning 17,4 foiz (90 638 ta) ulushini sanoat korxonalari tashkil etib, shundan kichik biznes sub`ektlari soni 89 795 tani tashkil etgan.

 Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni:

 

  • Toshkent shahri – 16 556 ta  

 

  • Farg`ona viloyati – 9 934 ta  

 

  • Toshkent viloyati – 9 296 ta  

 

  • Andijon viloyati – 9 214 ta

 

  • Samarqand viloyati – 7 887 ta

 

  • Namangan viloyati – 7 163 ta

 

  • Buxoro viloyati – 4 786 ta

 

  • Qashqadaryo viloyati – 4 680 ta

 

  • Surxondaryo viloyati – 4 501 ta

 

  • Xorazm viloyati – 4 033 ta

 

  • Jizzax viloyati – 3 717 ta

 

  • Navoiy viloyati – 3 438 ta

 

  • Qoraqalpog`iston R. – 3 206 ta

 

  • Sirdaryo viloyati – 2 227 ta

    Boshqa yangiliklar