AsosiyJamiyat

"Mehr daftari" iga kimlar kiritiladi?

'"Mehr daftari" iga kimlar kiritiladi?'ning rasmi

Ushbu savolga Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzaeva quyidagicha javob berdi:

“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sog`liqni saqlash vazirligi tizimidagi Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining muammolarini o`rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro`yobga chiqarishga ko`maklashish maqsadida “Mehr daftari” tizimi joriy etilishi belgilangan.

Asos: “Etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori

“Mehr daftari” tizimi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “Mehr daftari”ga kiritilgan etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni qo`llab-quvvatlash jamg`armalari tashkil etiladi.

Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi “Mehribonlik” uylari va boshqa o`quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ta`lim-tarbiyasi, ularni balog`atga, turmushga tayyorlash ishlariga mas`ul etib belgilandi.

Vazirlik shu toifadagi qizlarning ijtimoiy holati doimiy o`rganib boradi va ularni “Mehr daftari”ga kiritib, qiynayotgan masalalarni joyida hal qilish, keyingi hayotlarida o`z o`rinlarini topishlariga har tomonlama ko`mak beradi.

O`zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi, Milliy gvardiyaning mas`ul mutaxassislari, “Mahalla va oila” ilmiy- tadqiqot instituti olimlari bilan birgalikda o`quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining muammolarini o`rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro`yobga chiqarishga ko`maklashish bo`yicha “Mehr daftari” anketa so`rovnoma loyihasi ishlab chiqildi.

Shuningdek, “Mehr daftari”ni yuritish orqali nogironligi bo`lgan, ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan hamda etim bolalarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish bo`yicha Yangi tartib loyihasi ishlab chiqildi.

Ushbu loyihalar belgilangan tartibda tegishli vazirlik, idoralar va rahbariyat bilan kelishilgandan so`ng amaliyotga joriy etiladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar