Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar - iyul oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 194,0 mln. AQSh dollariga teng engil avtomobillar eksport qilingan.
Engil avtomobil eksporti o`tgan yilning mos davriga nisbatan 123,0 mln. AQSh dollariga oshgan.
Eksport qilgan asosiy davlatlar quyidagilar:
- Qozog`iston – 181,9 mln;
- Afg`oniston – 5,7 mln;
- Ukraina – 2,3 mln;
- Rossiya – 1,9 mln;
- Qirg`iz R. – 1,0 mln;
- Ozarbayjon – 484,1 ming;
- Tojikiston – 480,1 ming AQSh dollari.