Kecha, 17 avgust kuni Qashqadaryo viloyati FVB navbatchi-dispetcherlik xizmatiga Qarshi shahar Nasaf ko`chsasidagi ko`p qavatli uyning xonadonlaridan birini kirish eshigi qulflanib, xonadonda 2 yoshli bolaning qolib ketganligi to`g`risida xabar kelib tushdi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Ma`lum qilishnishicha, bolaga yordam berish uchun zudlik bilan xabar qilingan joyga etib borgan. Qutqaruvchilar xonadon derazasi ochiqligini aniqlagan va darhol yuqori qavat derazasidan maxsus arqon yordamida tushib, uy ichida qolgan bolajonni onasiga sog`-salomat topshirdilar.






