AsosiyJamiyat

Ma`lumotlarni o`z vaqtida ochiqlamagan davlat hokimiyati organlari ogohlantirish oldi

'Ma`lumotlarni o`z vaqtida ochiqlamagan davlat hokimiyati organlari ogohlantirish oldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta`minlash, shuningdek jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoniga muvofiq Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta`minlash sohasini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring qilish vazifasi yuklatilgan.

Bugungi kunda Agentlik davlat organlari va tashkilotlari tomonidan farmon bilan tasdiqlangan ijtimoiy ahamiyatga molik ma`lumotlarni ochiq ma`lumotlar portali va o`zlarining rasmiy veb-saytlarida o`z vaqtida va to`liq e`lon qilinishi, ko`rsatilgan muddatlarda yangilab borilishini nazoratga olgan.

Xususan, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mahalliy byudjetlarning har chorak yakunida shakllantiriladigan daromadlar va xarajatlar smetasi, rejadan orttirib bajarilgan qismi hamda mazkur mablag`lar yo`naltirilgan maqsadlar to`g`risidagi ma`lumotlar o`zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilganligi (joriy yilning 16 avgust holatiga ko`ra) monitoring qilingan.  

O`rganishlar natijasiga ko`ra quyidagilar aniqlangan:

Namangan viloyati hokimligi tomonidan 2021 yilning  1-yarim yillikda mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlari, xususan byudjet mablag`larining viloyat, shahar va tumanlar hamda sohalar kesimida sarflanishi to`g`risidagi ma`lumotlar to`liq ochiqlangan va farmon ijrosi ta`minlangan.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi ;  

Andijon viloyati hokimligi ;

Buxoro viloyati hokimligi ;  

Jizzax viloyati hokimligi ;  

Navoiy viloyati hokimligi  tomonidan 2021 yilning 1-yarim yillikda mahalliy byudjet ijrosi to`g`risidagi ma`lumotlar qisman ochiqlangani (xato va kamchiliklarga yo`l qo`yilgani) aniqlangan.

Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg`ona, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari tomonidan farmon ijrosi umuman bajarilmagani aniqlanib, Agentlik tomonidan belgilangan tartibda ogohlantirilgan.

Boshqa yangiliklar