2021 yil 22 avgustdan boshlab, “Andijon-Termiz-Andijon” yo`nalishida 660/659-sonli yo`lovchi poezdlari qatnovi yo`lga qo`yiladi.
O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu qatnovni yo`lga qo`yishdan maqsad, yurtdoshlarimizga mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohat qilishlari hamda ularga yanada ko`proq transport xizmatlarini ko`rsatishdan iborat.
Haftaning yakshanba kunlari soat 14:34 da Andijondan harakatini amalga oshiradigan 660-sonli yo`lovchi poezdi Marg`ilon, Qo`qon, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qarshi kabi yirik shaharlardan o`tib, Termiz shahriga etib boradi.
Shuningdek, 659-sonli yo`lovchi poezdi 23 avgustdan boshlab, har haftaning dushanba kunlari soat 15:25 da Termiz temir yo`l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.
️ Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan olish mumkin.






