O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Kinematografiya agentligi yurtdoshlarimizga bayram tuhfasi sifatida turli janrlarda ishlangan badiiy filmlarning milliy televizion namoyishini taqdim etadi.
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan "Orzular qanotida", "Sumbul", "Millioner Jonibek", "Hayrat", "101 reys", "Avloniy", "Muqimiy" kabi filmlar ilk bor yurtimiz telekanallarida namoyish etiladi.
Ushbu aksiya Kinematografiya agentligi tomonidan tashkil etilgan kino-oyligi doirasida bo`lib o`tmoqda.
Filmlar anonsi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.






