AsosiyDunyo

Dunyoda bir kunda 542 mingdan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi

'Dunyoda bir kunda 542 mingdan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi'ning rasmi

JSST ma`lumotlariga ko`ra, oxirgi sutka davomida dunyoda 542 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda SSV ma`lumot berdi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni  208 million 708 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,  shundan 4 million 377 mingdan ziyod kishi vafot etgan (18.08.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 16:06 holatiga ko`ra).  

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 542 708 yangi holati aniqlandi.️6 739 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (19.08.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 13:38 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni  209 million 308 mingdan ortiq odam yuqtirgan,  ulardan 4 million 393 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:

  • AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 37,155 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.  
  • ikkinchi o`rinda Hindiston (32,322 milliondan ortiq),  
  • uchinchi o`rinda Braziliya (20,457 milliondan ortiq),
  • to`rtinchi o`rinda Fransiya (6,661 milliondan ortiq) ,
  • beshinchi o`rinda esa Rossiya (6,572 milliondan ortiq).

 

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 113 803, Hindistonda 35 178, Braziliyada 14 471,  Rossiyada 20 914, Fransiyada esa 17 104 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

 Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 4 milliard 796 millionga yaqin doza vaksina qo`llanilgan.

 

    Boshqa yangiliklar