2021 yil 19 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo`lib o`tdi. Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bordi.
Majlisda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n sakkizinchi yalpi majlisini 2021 yil 26 avgust kuni chaqirish to`g`risida qaror qabul qilindi.
Videokonferensaloqa tarzida o`tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar muhokama qilindi. “Sug`urta faoliyati to`g`risida”gi, “Qishloq xo`jaligi kooperativi to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi, “O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari kengash majlisida Markaziy bank tomonidan yangi ko`rinishdagi 5 000 (besh ming) so`mlik va 10 000 (o`n ming) co`mlik banknotlarning chiqarilishi to`g`risidagi masala ko`rib chiqildi.