AsosiyJamiyat

Avtomobilda yuk tashuvchilar qo`llab-quvvatlanadi — Prezident qarori

'Avtomobilda yuk tashuvchilar qo`llab-quvvatlanadi — Prezident qarori'ning rasmi

“Avtomobil transportida yuk tashuvchilarni qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori  qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, yuk tashish uchun mo`ljallangan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transportlarni 2025 yil 1 yanvargacha O`zbekistonga import qilishda bojxona boji, utilizasiya yig`imi va avtotransportlarni sotib olganlik uchun avtotransport yig`imlarining nol stavkalari qo`llaniladi:  

“Evro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransportlar (TIF TN kodlari 8701 20, 8704 22 (samosvallardan tashqari);  

tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39).

 Evropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transportlar 2025 yil 1 yanvargacha O`zbekistonga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi:

➖ “Evro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan yuk va maxsus avtotransportlar;

➖ avtomobilda yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkamalar va yarim tirkamalar.

    Boshqa yangiliklar