Kambag`al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish yuzasidan quyidagi imtiyozlar berilgan:
➖tadbirkorlarga ish o`rinlari va sharoitlarini nogironligi bo`lgan shaxslarga moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun BHM ning 40 baravari (9 mln 800 ming so`m) miqdorigacha;
➖tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik sub`ekti sifatida davlat ro`yxatidan o`tgandan so`ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to`lovi;
➖hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a`zolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi.






