AsosiySport

Diego Kosta “Atletiko Madrid”ga o`tishga rozilik berdi

“Chelsi” jamoasi hujumchisi Diego Kosta mavsum yakunida “Atletiko”ga qaytib ketishga rozilik berdi. Bu haqda Sky Sports’ga tayangan holda championat.com xabar bermoqda

Kelib chiqishi braziliyalik bo`lgan ispaniyalik futbolchining rozi bo`lganiga qaramay, klublar o`zaro kelishuvga kelmagan. “Matraschilar” sobiq futbolchisini ortga qaytarishi mumkinligini inkor etishmadi. Biroq London klubi Kostani qo`yib yuborish niyatida emasligini bildirdi. 

Avvalroq “Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone Mauro Ikardi (“Inter”), Gonsalo Iguain (“Napoli”) va Edinson Kavani (“PSJ”) singari hujumchilarning variantini ham ko`rib chiqayotgani ma`lum bo`lgandi. 

Eslatib o`tamiz, Diego Kosta 2010-2014 yillar davomida “Atletiko” sharafini himoya qilgan.

    Boshqa yangiliklar