AsosiyHI-TECH

Britaniyada 4G telefon 10 funtga baholanmoqda

Britaniyaning Tesco savdo kompaniyasi IMO Dash 4G telefonini 19.99 funt evaziga sotmoqda.T...

'Britaniyada 4G telefon 10 funtga baholanmoqda'ning rasmi

Britaniyaning Tesco savdo kompaniyasi IMO Dash 4G telefonini 19.99 funt evaziga sotmoqda.

To`lov krediti orqali katta xaridni amalga oshirgan xaridorlarga kompaniya qo`shimcha 10 funt chegirma bilan ushbu qurilmani atigi 9.99 funtga bermoqda.

Dash 4G ikki xil qora hamda oq rangda bo`ladi. Qurilmaning to`liq quvvati bilan 15 soat qo`ng`iroq orqali suhbatlashish mumkin.

Telefonda 2.4 dyuymli ekran mavjud. Uning korpusi esa plastikdan ishlangan. Qurilmaga bitta 2MP kamera o`rnatilgan.

Dash 4G'ning tezkor xotirasi 48MB, doimiy xotirasi esa 128MB ni tashkil qiladi. Shuningdek, xotirani microSD bilan kengaytirish mumkin.

Telefonda Bluetooth, FM Radio, fonar, budilnik kabi funksiyalar mavjud.

    Boshqa yangiliklar