O`zbekistonda vaksinasiyaning salbiy oqibatlaridan himoyalanishga qaratilgan sug`urta xizmati yo`lga qo`yildi. Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifing davomida “O`zagrosug`urta” AJ kompaniyasi axborot xizmati rahbari Shuhrat Qobilov ma`lum qildi.
“So`nggi vaqtlarda koronavirusga qarshi vaksinalar haqidagi turli mish-mishlar aholi orasida emlanishdan ikkilanishni keltirib chiqarmoqda. “UZINSURANCE” kompaniyasi tomonidan bozorda birinchilardan bo`lib, vaksina qabul qilgan shaxsning mehnat qobiliyatini yo`qotishi yoki vafot etish holatlaridan sug`urta qilish mahsuloti ishlab chiqilgan” – dedi u.
Ma`lum qilinishicha, sug`urta polisi uchun to`lov 5 va10 ming so`m bo`lib, bunda sug`urta javobgarligi 25 va 50 mln so`mni tashkil etadi.
Sug`urta shartnomasini rasmiylashtirish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, vaksina olish jarayoni bilan bog`liq ma`lumotlar talab etiladi.






