AsosiySport

Eldor Shomurodov “Roma” safida ilk rasmiy o`yinda ilk rasmiy golini urdi

'Eldor Shomurodov “Roma” safida ilk rasmiy o`yinda ilk rasmiy golini urdi'ning rasmi

Italiyaning "Roma" slubi safida to`p surayotgan o`tbekistonlik fudbolchi Eldor Shomurodov Turkiyaning “Trabzonspor” jamoasiga qarshi bahsda gol urdi.

Bu Shomurodovning "Roma" safidagi ilk rasmiy o`yinda urgan ilk rasmiy goli.

Trabzonda kechgan bahsning birinchi bo`limida jamoalar ehtiyotkor o`yin ko`rsatdi va darvozalar daxlsiz qoldi.

O`yinning ikkinchi 45 daqiqalikda jamoalar umumiy hisobda 3 ta gol urdi. 55-daqiqada Lorenso Pellegrini Genrix Mxitaryanning uzatmasini golga aylantirdi va “Roma”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 64-daqiqada Andreas Kornelius qanotdan oshirilgan to`pni boshi bilan rimliklar darvozasiga joylab qo`ydi va muvozanatni tikladi. 81-daqiqada esa o`zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov “Roma”ga g`alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Boshqa yangiliklar