19 avgustda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 96 486 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 52 288 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 34 350 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 9 848 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 12 594 630 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 8 842 400 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 2 758 532 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 993 698 nafarni tashkil qildi.
Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 1 458 381 nafarni tashkil qilmoqda.
Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Namangan viloyati (18 710 doza),
- Farg`ona viloyati (18 379 doza),
- Toshkent shahri (13 106 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:
- Farg`ona viloyatida 1 453 263 doza,
- Namangan viloyatida 1 450 474 doza,
- Andijon viloyatida 1 358 895 doza,
- Samarqand viloyatida 1 217 232 doza,
- Qashqadaryo viloyatida 1 059 526 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.






