Dam olish kunlari O`zbekiston hududida oxirigi 2 kun ichida boshlangan harorat ko`tarilishi davom etadi. O`tgan haftaning oxiri va ushbu haftaning boshida havo harorati 3-5° ga pasayishi bilan O`zbekiston aholisini hursand qilgan salqin havo o`rniga issiq havo massasi kirib keladi. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, kecha tushdan keyin kunduz kungi havo harorati o`zining me`yoriy qiymatlariga etdi, bugun va dam olish kunlarida esa kunduz kunlari havo 36-38° gacha isiydi. Kechalari harorat ko`tariladi, yakshanba kuniga kelib, harorat 20-22° qiymatiga etadi. Dam olish kunlarida harorat me`yordan 2-4° ga yuqori bo`ladi.
Bugun va dam olish kunlari respublikaning barcha tekislik hududida havo asosan biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi birozdan o`rtachagacha bo`ladi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning ayrim tog`li hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
27.04.2024, 21:09
"O`zgidromet" 29-30 aprel va 1 may kunlari kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s...12.07.2022, 19:52
O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 13-16 iyul kunlari uchun kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTIHavo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi....08.07.2022, 11:54
O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati bayram va dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo...04.07.2022, 11:55
O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Ma`lum qilinishicha, bugun O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat...