AsosiyJamiyat

O`zbekiston – Xitoy o`rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik takomillashtiriladi

'O`zbekiston – Xitoy o`rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik takomillashtiriladi'ning rasmi

Markaziy harbiy kengashi Qurol, harbiy texnika va texnologiyalarni rivojlantirish bosh boshqarmasi delegasiyasining O`zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi tashkillashtirildi. Bu haqda Mudofaa sanoati bo`yicha davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Tashrif doirasida O`zbekiston-Xitoy tomoni mas`ul vakillari tomonidan Qurol, harbiy texnika va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo`yicha mavjud va istiqbolli loyihalar, ularni amalga oshirish muddatlari hamda hamkorlik sohasini tizimli tartibda rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

Tashrif davomida xorijiy delegasiya vakillariga O`zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo`mitasi tasarrufidagi mudofaa sanoati kompleksi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan harbiy va ikki maqsadga mo`ljallangan mahsulotlar namoyish etildi.

Boshqa yangiliklar