“O`ztransgaz” AJ boshqaruv raisi Ulug`bek Saidov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “UzNews.uz”ga tayanib Daryo.uz xabar qildi.
Bu lavozimda uning o`rniga energetika vazirining sobiq o`rinbosari Behzod Normatov tayinlandi. Eslatib o`tamiz, Ulug`bek Saidov “O`ztransgaz” kompaniyasini 2019 yil iyulidan boshqarib kelayotgandi.






