15 avgust kuni soat 03:30 larda, Navoiy viloyati, Karmana tumani hududida joylashgan "Samarqand" muntazam YPX maskanida xizmat olib borgan YPX xodimi A.Umedov tomonidan "Toyota" rusumli avtomobil haydovchisi to`xtatilgan.
Tekshiruv davomida YPX xodimi planshet qurilmasiga avtomobilning ma`lumotlarini kiritganda yon oynalari tusi qoraytirilganligi bo`yicha ruxsatnoma haqida ma`lumot chiqmaganligini haydovchiga ma`lum qilgan. Haydovchi o`z e`tirozlarini bildirgan.
Ruxsatnomasi borligini, lekin ko`rsatmasligini, planshet qurilmasi orqali tekshirib olishi mumkinligini aytgan. Shundan so`ng, YPX xodimi qog`oz shaklidagi ma`muriy bayonnomani to`ldirishni boshlagan vaqtda haydovchi avtomobili yon oynalarining tusi qoraytirilishi uchun berilgan ruxsatnomani ko`rsatgan.
YPX xodimi bayonnomaga shu kungi sanani, hudud nomini va o`z lavozimi hamda ism-familiyasini kiritganligini aytib, bayonnomani to`ldirishni to`xtatgan. Haydovchi o`z e`tirozlarini bildirib yo`lida davom etgan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.






