Afg`onistonning avvalgi ma`muriyati mudofaa vaziri general Bismilla Xon Muhammadi ma`lum qilishicha, qarshilik kuchlari “Tolibon” harakati jangarilaridan Bag`lan viloyatining uchta tumanini qaytarib oldi.
"Puli-Xisar, Dex-Salah va Banu tumanlari mahalliy qarshilik ko`rsatish kuchlari tomonidan egallandi", - deb yozdi general ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ushbu tumanlarni qaytarib olish uchun kechgan janglar davomida qarshilik kuchlari o`nlab toliblarni yo`q qilgan, deb xabar berdi RIA Novosti viloyatdagi manbalarga tayanib.






