AsosiyJamiyat

Koronavirusga chalingan abiturientlar uchun test sinovlari qaysi sanada o`tkazilishi ma`lum bo`ldi

'Koronavirusga chalingan abiturientlar uchun test sinovlari qaysi sanada o`tkazilishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Tana harorati yuqori bo`lgan va koronavirusga chalingan abiturientlar uchun qo`shimcha test sinovlari 2021 yil 23 avgust kuni bo`lib o`tadi.

 Unda quyidagi toifadagi abiturientlar ishtirok etishlari mumkin bo`ladi:

  •  test sinoviga kelgan vaqtda tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlangan va tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan abiturientlar;
  •  16 avgustga qadar koronavirusga chalinganligi sababli qo`shimcha test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza bilan murojaat qilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan koronavirusga chalinganligi tasdiqlangan abiturientlar.

Qayta tashkil etilgan test sinovlarida ham tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlangan yoki koronavirusdan to`liq sog`aymagan abiturientlar uchun boshqa test sinovlari tashkil etilmaydi.

Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va abiturientlar ro`yxatdan o`tish vaqtida test topshirish hududi sifatida o`zlari tanlagan hududda test sinovida ishtirok etadi.

 Abiturientlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tegishli ma`lumotlar Davlat test markaziga taqdim etilgandan so`ng 21 avgust kunidan boshlab my.dtm.uz sayti orqali yuklab olishlari mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar