AsosiyJamiyat

O`zbekiston orqali evakuasiya qilinayotgan afg`onistonlik homilador farzandli bo`ldi

'O`zbekiston orqali evakuasiya qilinayotgan afg`onistonlik homilador farzandli bo`ldi'ning rasmi

Bugun butun dunyoning diqqati O`zbekistonning janubiy qo`shnilaridan bo`lgan Afg`oniston mintaqasiga qaratilgan. Mamlakatdagi hukumat almashish jarayonlari fonida ko`plab davlatlar o`z fuqarolarini hamda afg`onistonliklarni evakuasiya qilishga kirishgan. O`zbekiston ushbu jarayonlar uchun o`z havo yo`llarini ochish orqali insonlarni Afg`onistondan xavfsiz ko`chirishga hissa qo`shmoqda. Shu bilan birga Toshkent aeroportiga qo`ngan insonlarning salomatligini nazoratga olishda ham jonbozlik ko`rsatilmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Afg`onistondan parvozlar amalga oshirilayotgan aeroportning o`zida Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiy punkt tashkil etilgan bo`lib, unga tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari hamda  Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasidan brigada navbatchilari jalb etilgan. Tibbiy yordamga ehtiyoj sezgan insonlarga zarur xizmatlar ko`rsatilmoqda.

Kuni kecha 1999 yilda tug`ilgan  afg`onistonlik fuqaro E. A. “Homiladorlik 1. Tug`ruq 1. 39-40 hafta.” tashxisi bilan tez tibbiy yordam brigadasi orqali I.Irgashev nomidagi Toshkent shahar 4-son klinik shifoxonasining tug`ruq bo`limiga yotqizilgan edi.

Kecha oqshom ushbu muassasada 22 yoshli E.A. ilk farzandini dunyoga keltirdi. Afg`onistonlik yosh ona 3 kilogramm 840 gramm vazn bilan tug`ilgan o`g`lini o`zbek shifokorlari yordamida qo`liga oldi. U ma`lum muddat mutaxassislar nazoratida bo`lib turadi.

    Boshqa yangiliklar