AsosiyJamiyat

Mualliflik huquqining amal qilish muddati uzaytirildi

'Mualliflik huquqining amal qilish muddati uzaytirildi'ning rasmi

Qonun bilan intellektual mulk sohasida ayrim qonunchilik hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi

Kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, mualliflik huquqi muallifning vafotidan keyin 70 yil davomida amal qilishi belgilandi (ilgari ushbu muddat 50 yil edi).

Qonunga ko`ra, tovar belgisini ro`yxatdan o`tkazish uchun talabnoma berilganidan so`ng Intellektual mulk agentligi talabnoma haqidagi ma`lumotlarni veb-saytiga 1 ish kunida joylashtiradi.

Ushbu e`lon asosida manfaatdor shaxslar Agentlikka talabnoma nohalol topshirilgan ariza haqida e`tiroz bildirishi mumkin.

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar