AsosiyJamiyat

​​Belarusda isiriq giyohvand moddalar qatoriga kiritildi

'​​Belarusda isiriq giyohvand moddalar qatoriga kiritildi'ning rasmi

Belarusda isiriq xavfli psixotrop moddalar qatoriga kiritildi. Bu haqda Belarusning O`zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati mamlakat bojxona organlari ma`lumotlariga asoslanib xabar berdi.

Tarkibida yuqoridagi moddalar bor o`simliklar Belarusda davlat nazoratiga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar hamda prekursorlarning respublika ro`yxatiga kiritilgan va tibbiy maqsadlarda ishlatilmaydi.

Shu munosabat bilan, elchixonada qayd etilganidek, ushbu moddalar va ularni o`z ichiga olgan o`simliklarni Belarus hududiga olib kirish mamlakat Jinoyat kodeksining 328-moddasiga (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari va analoglarining noqonuniy aylanmasi) muvofiq jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.

«Belarus qonunchiligi buzilmasligi uchun respublika bojxona organlari mamlakatga kirayotgan fuqarolardan o`zlari bilan o`ta xavfli psixotrop moddalar bo`lgan o`simliklarni olib kelmaslikni so`raydi», – deyiladi xabarda.

Shuningdek, elchixona xabarida Belarusda tamaki (tozalangan tamaki kukuni) hamda ishqoriy komponentlardan (bo`r, ohak yoki boshqa ishqoriy moddalar) so`rish va chaynash uchun mo`ljallangan (snus, nosvoy va boshqalar) tutunsiz tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va muomalaga kiritish taqiqlangani eslatib o`tilgan.

    Boshqa yangiliklar