21 avgust kuni soat 19:06da Toshkent shahar, Sergeli tumani, Sa`diy ko`chasida joylashgan vaqtincha foydalanilmayotgan binoning ichki qismida chiqindi yonayotganligi to`g`risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 19:12 da voqea joyiga etib borib, soat 19:18 da yong`in qurshab olingan va soat 19:22 da yong`in batamom o`chirilgan. Yong`inda to`plab qo`yilgan 80 kv.m. maydonda chiqindilar yongan
Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q.
Hozirda yong`in sababi aniqlanmoqda.






