Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligining ma`lum qilishicha, O`zbekiston mahallalari bo`ylab o`tkazilgan umumxalq xayriya hashari davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- 14 ming 71 gektardan ortiq maydonlar obodonlashtirildi va sanitar tozalandi;
- 12 ming 60 tonnadan ziyod chiqindilar chiqarib tashlandi;
- 12 ming 419 km uzunlikdagi ariq va lotoklar tozalandi;
- 9 ming 287 ta qabriston va 711 ta ziyoratgohlar obodonlashtirilib, tartibga keltirildi;
- 5 mln 250 mingdan ziyod daraxtlar oqlanib, ularga shakl berildi.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun 8 ming 460 ta texnika vositalari jalb etildi.
Shuningdek, hashar kuni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga beminnat muruvvat yordamlari ko`rsatish bo`yicha quyidagi tadbirlarni amalga oshirildi:
- 5 ming 947 ta kam ta`minlangan oilalarning 168 ming m2dan ziyod uy-joylari hashar yo`li bilan ta`mirlandi;
- 10 ming 297 nafar ehtiyojmand oilalarga, shundan 3456 nafar nogiron va yolg`iz qariyalarning holidan xabar olinib, ularga moddiy yordamlar ko`rsatildi.
Mazkur xayriya tadbirlari orqali 3 mlrd. 193 mln so`mdan ortiq, shundan 189,0 mln. so`mdan ortiq mablag` “Mahalla” fondi hisobidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga beminnat muruvvat yordamlari ko`rsatishga sarflandi.
Bundan tashqari, hashar kuni mahallalarda 141 ta savdo va maishiy xizmat ko`rsatish va boshqa ob`ektlar, shundan:
- 22 ta maishiy xizmat ko`rsatish shaxobchalari (go`zallik saloni, sartaroshxona, kutubxona, dorixona, novvoyxona, nuroniylar markazi va boshqalar);
- 25 ta savdo ob`ektlari, 9 ta ishlab chiqarish sexi, 34 ta mahalla binosi, 7 ta bolalar sport maydonchalari, 44 ta boshqa ob`ektlar foydalanishga topshirildi.
- O`tkazilgan umumxalq xayriya hasharida 9 mln. 700 mingdan ziyod fuqarolar, shundan 5 mln. 664 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.
Ta`kidlanishicha, avgust oyi davomida mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi tasdiqlangan reja asosida kam ta`minlangan oilalar, yolg`iz qariyalar, nogironlar holidan xabar olish, moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatish, shuningdek, yangi mahalla binosi, guzarlari va bolalar maydonchalarini qurish va ta`mirlash ishlari bilan davom etadi.






